Kursning maqsadi talabalarga Internetdan foydalangan holda ixtisoslashgan muammolarni hal qilish uchun zamonaviy avlod kompyuterlari va ularning texnik va dasturiy ta'minotlari ishining nazariy asoslari to'g'risida fundamental va amaliy bilimlarni berishdir. Shuningdek, u modellashtirish asoslari, iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, suv xo'jaligining  iqtisodiy muammolarini hal qilishda turli usullardan foydalanish mavzularini qamrab oladi.


Ushbu kursda mutaxassis masalalari o`rganilib, ularning matematik modellarini tuzish,  tuzilgan matematik modelni yechish algoritmini aniqlash,  ushbu algoritm uchun C++ tilida dastur tuzib, masalani yechish va tahlil qilish, MS Excel va MathCad dasturlari yordamida ushbu masalalarni yechish usullari o`rganiladi.  

  Ushbu kurs talabalarga mutaxassislik sohasining axborot jarayonlari va ularni matematik modellashtirish masalalariga uslubiy yondashish, ilmiy dunyo qarashini shakllantirsh, nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar olishlariga yordam beradi.
       Ushbu kursda  talabalar axborot, axborotga ishlov berish texnologiyalari, komp'yuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari, axborot xavfsizligi va axborotlarni himoya qilish usullari, matematik modellashtirish usullari tog'risida tasavvurga ega bo'ladilar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlar yordamida dasturlash va hisoblash texnikasi hamda dasturiy ta'minot imkoniyatlaridan foydalanish, mutaxassislik masalalarini yechishda amaliy dasturlarni qo'llash, komp'yuter tarmog'idan mutaxassislik bo'yicha ma'lumotlar izlab topish, C++ dasturida amaliy masalalalarni yechish algoritmlarni qurish, dasturlar tuzish,  turli xil mutaxassislik masalalarini matematik modellarini qurish va yechish ko`nikmalariga ega bo'ladilar.

Iqtisodchilarni tayyorlash dasturida ekonometrika kursi eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Bu predmet iqtisodiy o‘zgaruvchilar orasidagi emperik bog‘lanishlarni matematik statistika usullari yordamida  hosil qilish va shu asosda yangi nazariyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ekonometrik usullarsiz ishonchli prognozni qurib bo‘lmaydi, bundan kelib chiqadiki bank ishida, moliya, tijoratdagi masalalarni hal qilishda muvaffaqiyatlarga erishib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham ekonometrika kursi zamonaviy iqtisodiy oliy ta’lim muassasalarida  eng asosiy fanlar qatorida turadi.

Иқтисодиётда  эконометрик усулларни қўллаш иқтисодий тадқиқотларни миқдорий ўрганишга, ечимларнинг илмий жиҳатдан тўғрилигини асослашга  хизмат қилади. Ҳозирги кунда ушбу фан барча олий ўқув юртлари иқтисодиёт йўналишларида  асосий фан сифатида ўрганилмоқда.

«Эконометрика» фани объектлар билан боғлиқ бўлиб, ушбу объектларнинг эконометрик моделларини қуриш, ушбу моделларни ечиш усулларини ўрганиш, компьютерда натижаларни олиш ва уларни таҳлил қилишга бағишланган.


Ахборот технологиялари ва жараёнларни математик моделлаштириш