Dunyo boʻyicha hozirgi holatning tahlili shuni koʻrsatadiki, kelajakni qurish ta’lim jarayonining modellariga bogʻliqdir. Bu modellar turli vositalar, uslublar, texnologiyalar va masofaviy ta’limni oʻz ichiga oladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida jamiyatni axborotlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini iqtisodiy va ijtimoiy muhitga, xususan, ta’lim tizimiga keng tatbiq etish bilan bogʻliq dolzarb masalalarni hal etishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bizga ma’lumki, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot va ekonometrika zamonaviy iqtisodiy ta’limning asosini tashkil qiladi. Ayniqsa iqtisodiy ta’lim sohasida ekonometrikaning roli tobora oshib bormoqda. Shuning uchun ham iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofotiga sazovor bo’layotganlarning aksariyat ko’pchiligi ekonometrik tahlil, prognozlarning yangi usullarini, iqtisodiy tizimlarning matematik modellarini yaratganliklari uchun olishdi. Hozirda ekonometrikani butun jahon tan oldi. Agar rejali iqtisodiyot davrida balans va optimizatsiya usullari va modellariga kop etibor berilgan bolsa, endilikda bozor igtisodi tizimiga otilgandan keyin esa, ekonometrik modellarning ahamiyati oshib bormoqda. Ekonometrika – bu iqtisodiy hodisalar va jarayonlar o‘zaro bog‘liqligining miqdoriy ifodasini o‘rganuvchi fan. Ekonometrik bilim iqtisodiy nazariya, iqtisodiy-matematik usullar, iqtisodiy statistika, matematik statistika va ehtimollar nazariyasi fanlarining rivojlanishi va o‘zaro hamkorligi natijasi sifatida ajralib chiqqan va shakllangan. Faqat ekonometrik modellar asosida iqtisodiy ozgaruvchilar emperik boglanishini nazariy umumlashtirish va tadqiq qilish, sifatli prognozni amalga oshirish mumkin.