Biologiya va qishloq xo‘jaligida statistik usullarni qo‘llashning dastlabki sharti (asosi) bo‘lib amalda barcha tadqiq etilayotgan ob’ektlardagi - o‘simliklar, hayvonlar, tuproqlar va boshqalar tabiiy o‘zgaruvchanligi(variatsiyasi) xizmat qiladi. Bu esa eksperimental ma’lumotlarni miqdoriy baholashni qiyinlashtiradi va maxsus matematik usullarni qo‘llashni talab qiladi. ya’ni, mazkur usullar u yoki bu kattalikning o‘zgarishi ma’lum bir qonuniyatga zid emasligini va tasoddifiy o‘zgarishlardan (muhim bo‘lmagan o‘zgarishlardan) farq qilishini asoslaydi.
Ma’lumki, matematik statistika eksperimental ma’lumotlarning aniq ekanligini baholash hamda shunday joiz chegaralarni,chiqarilgan xulosalar aniq va etarlicha ishonchli bo‘ladigan chegaralarni, belgilash imkoniyatini beradi.
O‘rganilayotgan kattaliklarning aloqasini, o‘zora bog‘lanishini, o‘zora nisbatini yoki korrelyatsiyasini(munosabatdaligini) o‘rnatish uchun statistik usullar muxim o‘rin tutadi. Shuningdek, statistik metodlardan(usullardan) nazariy ma’lumotlar asosida qurilgan o‘zgarish tavsiflarining amalda olingan natijalar asosida qurilgan tavsifga nisbatan qancha farq qilishini ham aniq baholash imkoni paydo bo‘ladi. Nazariy ma’lumotlar amaliy olingan natijalardan keskin farq qilgan holatlarda ilmiy gipoteza olib tashlanishi (tashlab yuborilishi) yoki aksincha nazariy va amaliy ma’lumotlar yaqin kelsa, gipoteza qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.
- Manager: Aktam Denmuhammadiev