Texnik taraqqiyot respublikada sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirishda, jahon standartlari talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishda muhim omillardan biridir. Va zamonaviy texnologik ishlab chiqarishni elektr asboblari, avtomatik boshqaruv tizimlari va axborot o'lchash uskunalarisiz tasavvur qilish qiyin.
Shu sababli, "Noelektr kataloglarni elektr o‘lchilar. Intellektual datchiklar" fani muhandislik va qayta ishlash sanoatida magistr darajasiga ega mutaxassislar tayyorlaydigan barcha oliy o'quv yurtlarida o'rganilmoqda. Fanning maqsadi talabalarni elektr bo'lmagan kattaliklarni metrologiya va elektr o’lchashlari va aqlli sensorlar bilan bog'liq normativ va qonuniy hujjatlar bilan tanishtirish, noelektr kattaliklarni o'lchash nazariyasining asosi bo'lgan mavzuni o'rganish, vositalarning bir xilligi va zarur o'lchash aniqligini topish usullarini o'rganish. Ushbu fanning vazifalari mamlakatimizda va xalqaro miqyosda elektr bo'lmagan kattaliklarni elektr o'lchash sohasining hozirgi holati va istiqbollarini o'rganish, sohada raqamli texnologiyalar va ilg'or texnologiyalarni qo'llashni o'z ichiga oladi. "Noelektr kattaliklarni elektr o‘lchilar. Intellektual datchiklar» fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarishga mo‘ljallangan metodik qo‘rsatmada hayotimizning barcha jabhalarida, iqtisodiyotning, sanoatning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan, metrologiya va elektr o‘lchashlar haqidagi asosiy tushunchalar va ta’riflar, o‘lchash, o’lchash va kattaliklar, o‘lchash vositalari, o‘lchashdagi xatoliklar kabi masalalar xususida etarli va zarur ma’lumotlar keltirilgan. "Noelektr kattaliklarni elektr o‘lchilar. Intellektual datchiklar» fani ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xos bo‘lgan, doimiy ravishda va uzluksiz tarzda rivojlanishda bo‘luvchi umukasbiy fanlardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari belgilanib olindi.- Manager: Aktam Denmuhammadiev