Fanni o‘qitishdan maqsad- bo‘lajak bakalavrning malakaviy faoliyati obyektlari, turlari (texnologik, boshqaruv, ilmiy, loyiha-qidiruv va ta’lim), uning tayyorgarligiga malakaviy talablar va kelajakda magistraturaning qanday mutaxassisliklarida ta’lim olishni davom ettirishi mumkinligidan kelib chiqib, tuproqlarning suv-havo va tuz rejimlarini paydo bo‘lishi, dinamikasi, ularni boshqarish uslublarini o‘rgatish orqali yerlarning tuproq, gidrogeologik va boshqa tabiiy sharoitlarini yaxshilash, meliorativ tizimlar hisobining nazariy va amaliy asoslari, loyiha-qidiruv va ekspluatatsiya qilish ishlari bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, hamda ularning barchasini Respublikamiz qishloq va suv xo‘jaligidagi islohotlarga bog‘langan ravishda yetkazib berishdan iboratdir.

Fanning vazifasi- talabalarga yerlardan to‘liq va samarali foydalanish, tuproq unumdorligini, ish unumini va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan olinadigan hosildorlikni sug‘orish orqali muntazam oshirib borish, melioratsiyani yuqori unumli agrotexnik tadbirlar bilan bog‘liq ravishda amalga oshirish, qishloq xo‘jaligidagi meliorativ maydonlarda ishlarni to‘liq mexanizatsiyalash va melioratsiyalashda industrial uslublarni qo‘llash tadbirlari va ularni xisoblashni o‘rgatishdir.