Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning raxbarligida ishlab chiqilgan “Oʼzbekistonni rivojlantirishning beshta ustivor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi” xamda I.А.Karimovning “Oʼzbekiston XXI asr boʼsagʼasida; xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asari mamlakatimizning hozirgi taraqqiyot bosqichida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur hujjatlarning mohiyati va unda belgilangan vazifalardan kelib chiqgan holda “Ekologiya” fani dasturi xam tuzuvchilar tomonidan qayta koʼrib chiqildi. Аsarda belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan, ayniqsa uzoq muddatli istiqbolga moʼljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etuvchi muhim ustivor yoʼnalish - bu yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, innovatsion va texnologik yangilashga qaratilgan strategik ahamiyatga moliq loyihalarni amalga oshirishga oid vazifalardan kelib chikkan xolda ekologiya fani dasturiga zamonaviy fan yutuqlarini hisobga oluvchi qoʼshimchalar kiritildi.Fanning oʼquv dasturi “Respublika qishloq va suv xoʼjaligi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish” toʼgʼrisidagi va boshqa tegishli qarorlari hamda Oliy va Oʼrta maxsus taʼlim vazirligining "Oʼquv fanlarining namunaviy oʼquv dasturini yaratish boʼyicha uslubiy koʼrsatmalar"i asosida tayyorlandi.


“Ekologiya” fani bakalavriat bosqichi fanlari blokiga kiritilgan boʼlib, 4 semestrda oʼrganilishi maqsadga muvofik. Mazkur fan oʼquv rejasidagi ekologiya fanini oʼrganishdan oldin talabalar maʼlum darajada umumiy fanlar: “Fizika”, “Аnalitik kimyo”, “Biologiya va mikrobiologiya” va boshqa fanlar asoslari bilan tanish boʼlishlari kerak. Mazkur fan bakalavriat bosqichida oʼrganiladigan fanlarning nazariy va uslubiy asoslarini tashkil etib, atrof muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish yoʼnalishiga oid aniq fanlar: “Аtrof-muxitga boʼladigan taʼsirni baxolash”, “Ekologik ekspertiza”, “Biotexnologiya asoslari”, “Tuprokshunoslik va dexkonchilik”, va boshka oʼxshash fanlarning rivojlantirishi uchun zamin boʼlib xizmat qiladi.