Fanning maqsadi-magistrlarga qishloq xojaligi ekinlarini yetishtirishda yangi, zamonaviy, ilgor sugorish texnika va texnologiyalarini qollash, ekinlarini maqbul sugorish tartibini, turli suv tejamkor sugorish usullarini tadbiq qilishni orgatish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish konikmalarini hosil qilishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun fan magistrlarni nazariy bilimlar, amaliy konikmalar, dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

Fan bo’yicha magistrlarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi.

Magistr:

-sug’orish melioratsiyasi, suv tejamkor sug’orish texnologiyalarini loyihalashda qurilish me’yorlari va qoidalari hamda boshqa me’yoriy hujjatlar, konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqarish, sug’orish tartiblarini ishlab chiqish, sug’orish texnologiyalari va usullarini takomillashtirish haqida tasavvurga ega bo’lishi;

-gidromeliorativ tizimlarni loyihalashni, sug’orish tarmoqlarining konstruksiyalarini, sug’orish tarmoqlarini gidravlik hisoblash va qirqimlarini loyihalashni, irrigatsiya eroziyasi va unga qarshi kompleks tadbirlarni bilishi va ulardan foydalana olish;

-sug’orish melioratsiyasi, suv tejamkor sug’orish texnologiyasi, usuli va texnikasi elementlarini tanlash, sug’orish tarmoqlarini joylashtirishning texnik-iqtisodiy qulay variantlarini topish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.