Kursning maqsad- “Geodeziya” fani talabalarning intellektini rivojlantirish, mantiqiy, yer ustida geodezik ishlarni olib borish qobiliyatini shakllantirish, talabalarga mustahkam fundamental bilim berish, olgan bilimlarini zamonaviy geodezik usullar asosida yechishga tadbiq qilishga o‘rgatish, tajriba o‘tkazish yo‘li bilan olingan natijalarning, turli tabiiy jarayonlar, hodisalar va qurilmalarni geodezik modellarini tuzishda, asosli tahlil qilishda, texnik va iqtisodiy masalalarning optimal yechimlarini qidirishda, ularni amalga oshirishning eng yaxshi yo‘llarini tanlashda zarur bo‘ladigan asosiy geodezik-kartografik usullarni talabalarga o‘rgatish, talabalarda geodeziya fani bo‘yicha o‘quv rejalaridagi ixtisoslik va umumkasbiy fanlari masalalarida geodezik uslublarni tadbiq eta bilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iboratdir.