Iqtisodchilarni tayyorlash dasturida ekonometrika kursi eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Bu predmet iqtisodiy o‘zgaruvchilar orasidagi emperik bog‘lanishlarni matematik statistika usullari yordamida  hosil qilish va shu asosda yangi nazariyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ekonometrik usullarsiz ishonchli prognozni qurib bo‘lmaydi, bundan kelib chiqadiki bank ishida, moliya, tijoratdagi masalalarni hal qilishda muvaffaqiyatlarga erishib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham ekonometrika kursi zamonaviy iqtisodiy oliy ta’lim muassasalarida  eng asosiy fanlar qatorida turadi.

«Iqtisodiyotda ekonometrik modellarni qo’llash»    fani matematik va tabiiy-ilmiy fanlar majmuasiga taalluqli bo‘lib, talabalarga 3-4 semestr davomida o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirishda talabalardan o‘quv rejasida rejalashtirilgan «Matematika», «Axborot texnologiyalari», «Ehtimollar nazariyasi», «Matematik statistika» kabi fanlardan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab etiladi.