Ushbu fan insoniyat va tabiiy muhit o'rtasidagi antropogen ta'sir oqibatida sodir bo'ladigan tashqi muhit tarkibiy qismlarining (er, suv, atmosfera, flora va fauna) ifloslanishning sifatiy va miqdoriy ko'rsatkichlarini o'z vaqtida tezkor kuzatish, aniqlash va axborot berish orqali biosfera ifloslanishining salbiy oqibatlarini oldini olish va bartaraf etish, shuningdek Birlashgan Millatlar Tashkilotining XXI asr barqaror rivojlanish dasturida barcha mamlakatlarda tabiiy muhit ifloslanishini oldini olish borasida qo'yilgan tavsiyalarini amalga oshirish zaruriyati tug'ilganli tufayli yuzaga keldi. 2030 yilgacha bo'lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktabrdagi 841-son Qarorining 3.9-vazifasida "Xavfli kimyoviy moddalarning ta'siri, havo va suvning ifloslanishi natijasida, jumladan kimyoviy ishlab chiqarish hamda zararli moddalar ko'milgan joylarda, o'lim va kasallanish holatlarini qisqartirish" masalalariga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlangan. Shu va boshka dolzarb muaamolarni hal qilishda "Atfor-muhit muhofazasi (qishloq va suv xo'jaligida)" magistrlik mutaxassisligi uchun yozilgan "Tahlilning instrymental usullari" fanining axamiyati kattadir. Fanni o'qitishdan maqsad - bu ekologiya va atrof muhit muhofazasi ixtisosligi bo'yicha tahlim olayotgan magistrantlarda tabiatdagi notirik va tirik resurslar inson tomonidan ifloslantirilganda, jumladan qishloq va suv xo'jaligi, sanoat va maishiy xo'jalik ob'ektlari va boshqalar faoliyati natijasida, tabiiy va suniy (Agro) ekosistemalarda yuz berayotgan va yuz berishi mumkin bo'lgan turli yo'nalishdagi salbiy o'zgarishlarni o'rganishda taxlilning tabiat muxofazasi uchun masul va boshqa hamkor muassasalarda hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida mavjud bo'lgan instrumentlaridan, ya'ni TIU usullaridan foydalanish asosida tabiatning ekologik holatini ifloslanishning qonunda belgilangan meyorlari (REK) asosida real baholay olish ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat. Taxlilning instrumental metodlarining tezligi, operasiyalarning oddiyligi, yukori sezgirligi, analitik nazoratni avtomatlashtirish imkonini berishi ularni iqtisodiyot va fanning turli sohalarida qo'llanish imkonini beradi. Ular ayniqsa ekologik monitoring o'tkazishda bebahodir. Taxlilning instrumental metodlarini qo'llash asosida olingan ma'lumotlar suv, tuproq, atmosfera va biosfera resurslarining ob'ektiv holatini tavsiflaydi, ekologik xavfli modda va birikmalarni tabiiy va agro - ekosistemalardan aniqlash va yo'qotish yo'llarini belgilashda yordam beradi.

Fanning vazifasi – magistrantlarda suv va qishloq xo'jaligi sohalarida tabiatni tarkibiy qismlari holatini va ularga nisbatan inson ish faoliyatida ko'rsatiladigan ta'sirlarni ijobiy va salbiy oqibatlarni baholay olish imkonini beradigan taxlilning instrumental metodlaridan foydalanish borasida nazariy bilimlar xamda amaliy ko'nikmalar xosil qilishga undash, tabiatga ta'sir ko'rsatish bilan bog'liq antropogen faoliyatlarning, jumladan tashqi muhitga tushib ifloslantiradigan, kelib chiqishi antropogen omilga bog’liq zararli modda va birikmalarni agroekosistemalarga ko'rsatiladigan salbiy ta'sirlarini aniq va keng miqyosdagi ingredientlarni analitik taxlil asosida salbiy ta'sirlarni bartaraf qilish, kamaytirish yoki ularni oldini olish tadbirlari majmuasini asoslash va tadbiq qilishni bilish va boshqa zarur ko'nikmalarni shakllantirishdig.