Ushbu fanning maqsadi - talabalarga axborotning tuzulishi va umumiy xossalarini, shuningdek axborotni qayta ishlash, ulardan foydalanish va amaliyotning turli sohalariga ta’sirini shaxsiy kompyuter (SHK) tizimlariga asoslangan xolda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baxolash hamda SHKda ishlashning turli jixatlarini  o’rgatish.
Fanning asosiy vazifalari-  istalgan axborot jarayonlarini tahlil etish; axborot jarayonlarini tahlil etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yagona texnologiyani yaratish; jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanishni tashkil etish va ta’minlashdan iborat.