“Pul va banklar” fani talabalarga pulning zarurligi, mohiyati, pul nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil qilish bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berishdan iborat.

Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma  va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:

-         Pullarni shakllanishi va rivojlanish bosqichlari haqida tasavvurga ega bo’lishi;

-         Pul va banklarni iqtisodiyot rivojlanishidagi institutsianal birlik sifatidagi roli, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda tutgan o’rni hamda moliyaviy institutlarda sodir bo’ladigan iqtisodiy qonunlarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

Talaba moliyaviy va valyutaga oid o’zgarishlarni tahlil qiladi, mavjud muammolar bo’yicha yechimlar va qaror qabul qilish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.