Fanning maqsadi - talabalarga “Nazariy mexanika” va Materiallar qarshiligi” fanlarining asosiy tushunchalari va qonuniyatlarini urgatish, moddiy nuqta va mexanik sistema harakat qonuniyatlariga oid  masalalarni yechish, sohaga oid texnologik jarayonlar, mashina uskunalarining ishonchli ishlashini ta’minlash, nazorat qilish va ularga malakaviy texnik xizmat ko‘rsatishda zarur bo‘ladigan bilim va  ko‘nikmalarni shaklllantirishdan iboratdir.

          Fanning vazifalari - bakalavr ta’lim yo‘nalishi malakaviy tavsifnoma talablariga binoan talabani umumiy mexanikaning asosiy va fundamental tushunchalari, mexanikaning qonun qoidalari va prinsiplari asosida konstruksiya elementlarini mustaxkamligi, ustivorligi va bikrligini baholash, bo‘lajak mutaxassisning kelgusidagi ishlab chiqarish va ilmiy texnikaviy faoliyati jarayonida uchraydigan turli mexanik masalalar va muammolarni mustaqil ravishda hal qilish, ishlab chiqarish jarayoniga yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish jarayonini boshqarish hamda bo‘lajak muhandisning dunyoqarashini, umumiy madaniyatini, aqliy qobiliyatini o‘stirishdan iboratdir.