Masofadan zondlash – tadqiq qilinayotgan obyekt, maydon yoki hodisa bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqada bo‘lmagan asbob – uskuna yordamida olingan axborotlarni tahlil qilish orqali erishilgan ma’lumotlar haqidagi fandir. Mana shu so‘zlarni o‘qish mobaynida siz masofadan zondlashni ishlatmoqdasiz. Sizning ko‘zlaringiz sahifadan qaytgan yorug‘likni sezuvchi sensor vazifasini bajarmoqda, ko‘zlaringiz qabul qilayotgan “ma’lumotlar” sahifadagi qorong‘u va yorug‘ joylardan qaytayotgan yorug‘lik miqdoriga muvofiq keluvchi impulslardan iborat. Ushbu ma’lumotlarni sizning aqliy kompyuteringiz tahlil qiladi yoki tushunadi va bu esa sizga sahifadagi harflar yig‘indisidan tashkil topgan so‘zlarni tushuntirish imkonini beradi. Shuningdek, so‘zlar gaplarni shakllantiradi va siz gaplarda namoyon etilayotgan ma’lumotlarni anglaysiz.
“Masofadan zondlash” inglizcha “Remote Sensing” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “Remote” masofadan yoki uzoqdan, “Sensing” ma’lumot olmoq yoki kuzatmoq degan ma’noni anglatadi. Masofadan zondlash masofadan turib obyektlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish ma’nosini anglatadi.
- Boshqaruvchi: Vaxobjon Axmadaliyev
- Boshqaruvchi: O'tkir Islomov