Ushbu kurs talabalarga mutaxassislik sohasining axborot jarayonlari va ularni matematik modellashtirish masalalariga uslubiy yondashish, ilmiy dunyo qarashini shakllantirsh, nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar olishlariga yordam beradi.
       Ushbu kursda  talabalar axborot, axborotga ishlov berish texnologiyalari, komp'yuter tarmoqlari va tarmoq texnologiyalari, axborot xavfsizligi va axborotlarni himoya qilish usullari, matematik modellashtirish usullari tog'risida tasavvurga ega bo'ladilar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlar yordamida dasturlash va hisoblash texnikasi hamda dasturiy ta'minot imkoniyatlaridan foydalanish, mutaxassislik masalalarini yechishda amaliy dasturlarni qo'llash, komp'yuter tarmog'idan mutaxassislik bo'yicha ma'lumotlar izlab topish, C++ dasturida amaliy masalalalarni yechish algoritmlarni qurish, dasturlar tuzish,  turli xil mutaxassislik masalalarini matematik modellarini qurish va yechish ko`nikmalariga ega bo'ladilar.