Topografik chizmachilik ham boshqa fanlar kabi kishilik jamiyatining
hayotiy talablari asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarining
taraqqiy etishi bilan tobora rivojlana borgan.
Topografiya yer sirtining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib, uni
tekislikda plan va xaritalar ko‘rinishida tasvirlashni hamda topografiya bilan
bog‘liq bo‘lgan grafik masalalarni o‘rganadi.