Topografik chizmachilik ham boshqa fanlar kabi kishilik jamiyatining hayotiy talablari asosida vujudga kelgan va ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi bilan tobora rivojlana borgan. Topografiya yer sirtining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganib, uni tekislikda plan va xaritalar ko‘rinishida tasvirlashni hamda topografiya bilan bog‘liq bo‘lgan grafik masalalarni o‘rganadi.