Fanni o„qitishdan maqsad - talabalarga iqtisodiyot nazariyasi tushunchalari va tamoyillari, milliy iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, uning shakllanish va rivojlanish tendensiyalari hamda qonuniyatlari borasidagi asosiy bilimlarni singdirish, iqtisodiy tafakkur usullarini, bilim, malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishdan iborat. 
Fanning vazifasi – talabalarga iqtisodiy qonuniyatlar, tendensiyalar mohiyatini tushuntirish, iqtisodiy nazariyalar, g‗oyalar va yondoshuvlar evolyutsiyasini aniq tushunchalar orqali singdirish, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiqtisodiy nazariya doirasidagi ustuvor yo‗nalishlarini o‗rgatishdan iborat.