Matematik modellar sifatida ko‘pincha obyektning chiqish va shu chiqish qiymatini belgilovchi kirishlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar qabul qilinadi. Bunday bog‘lanishlar odatda statik yoki dinamik tenglamalar ko‘rinishida bo‘ladi. Ko‘p amaliy hollarda shunday tenglamalarga аniqlik kiritish uchun identifikasiyalash jarayonida ularning koeffisientlarini topish lozim bo‘ladi. Modellar chiziqli yoki nochiziq, bir o‘lchamli yoki ko‘p o‘lchamli bo‘lishi mumkin.

Topshiriqlar eng sodda hollardan boshlanib, asta sekin murakkablariga o‘tadi, har bir mashg‘ulotda shu mavzuga tegishli umumiy ma`lumotlar va topshiriqlаr berilgan, hamda shunday topshiriq bajarilgan misollаr keltirilgan.