Ushbu fanning maqsadi talabalarning umumnazariy bilimlarini amaliy masalalarni yechishda qo`llashga o`rgatish, ularda boshqaruv ob’ektlarini identifikatsiyalash ko`nikmalarini rivojlantirishdir.

Ixtiyoriy ob’ekt uchun boshqarish tizimini qurish, shu ob’ektni boshqarish maqsadiga  mos keladigan ravishda o`rganib chiqishni nazarda tutadi. Bunday o`rganish jarayoni yoki tizim qurilishidan oldin amalgam oshiriladi, unda aprior informatsiyaga ega bo’linadi, yoki boshqarish tizimining ishi davomida tashkil qilinadi, bu holda aposterior informatsiya qo`lga kiritiladi. Odatda ikkala informatsiya ham matematik modellar ko`rinishida qo`llaniladi.

Matematik modellar sifatida ko`pincha ob’ektning chiqish va shu chiqish qiymatini belgilovchi kirishlari o`rtasidagi bog`lanishlar qabul qilinadi. Bunday bog`lanishlar odatda static yoki dinamik tenglamalar ko`rinishida bo`ladi. Ko`p amaliy hollarda shunday tenglamalarga tayinlik kiritish uchun identifikatsiylash jarayonida ularning koeffitsientlarini topish lozim bo`ladi. Modellar chizqli yoki nochiziq, determinik yoki staxostik, bir o`lchamli yoki ko`p o`lchamli bo`lishi mumkin.