"Ekologik menejment" dolzarb ekologik ilmiy-amaliy vazifalarning maqbul yechimini topishga yo`naltirilgan zamonaviy fanlarda biri.

Bu fan talabalarni globalizatsiya sharoitida iqtisodiy-ekologik hayotni boshqarishning murakkab va tez o`zgaruvchan xususiyatlarini to`g`ri tushunib olishiga, ushbu sohada xilma-xil axborotlarni tahlil qilishni o`rgatishga, ekologik boshqaruvning hozirgi ilmiy-amaliy darajasi bilan tanishtirishga yo`naltirilgan.