Moliyaviy menejmentning mustaqil fan sifatida shakllanishi yaqin o’tmishga
borib taqaladi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib bozor iqtisodiyoti rivojlangan
davlatlarda turli mulkchilik shakllarining paydo bo’lishi, iqtisodiyotni bozor
qonuniyatlariga asoslangan holda boshqarish tizimining takomillashuvi, biznesning
turlari va zamonaviy yo’nalishlarini vujudga kelishi hamda ular faoliyatlarini
samarali amalga oshirishda oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ishlab
chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida moliyaviy resurslarning ahamiyati va ularni
optimal boshqarishni tashkil qilish va shu kabilar, moliyaviy menejmentni mustaqil
fan sifatida shakllanishiga muhim turtki bo’ldi.