Moliyaviy menejmentning mustaqil fan sifatida shakllanishi yaqin o’tmishga borib taqaladi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda turli mulkchilik shakllarining paydo bo’lishi, iqtisodiyotni bozor qonuniyatlariga asoslangan holda boshqarish tizimining takomillashuvi, biznesning turlari va zamonaviy yo’nalishlarini vujudga kelishi hamda ular faoliyatlarini samarali amalga oshirishda oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida moliyaviy resurslarning ahamiyati va ularni optimal boshqarishni tashkil qilish va shu kabilar, moliyaviy menejmentni mustaqil fan sifatida shakllanishiga muhim turtki bo’ldi.