“Gidromeliorativ tizimlarni loyihalash asoslari” fani bakalavrlarni nazariy bilimlarini, amaliy koʼnikmalarini, ilmiy dunyo qarashini hamda zamonaviy ilgʼor tajribalarni shakllantirish vazifalarini bajaradi.

Fan boʼyicha bakalavrlarning bilim, koʼnikma va malakalariga quyidagi talablar qoʼyiladi.

 Bakalavr – sugʼorish tarmoqlari, gidromeliorativ tizimlarini loyihalashda loyiha qidiruv ishlari va ularning tashkil etilishi, muhandislik dala izlanishlari va tadqiqotlarini tashkil etish, loyiha maʼlumotlarining tarkibi va bosqichlari, suv xoʼjaligi qurilishi uchun loyihalash ishlari, suv xoʼjaligi obʼektlari qurilishi loyihalari haqida tasavvurga ega boʼlishi;

– gidromeliorativ tizimlarni loyihalashni, loyihalash uchun dastlabki maʼlumotlarni aniqlashni, qidiruv - izlanish va tadqiqot ishlari maʼlumotlari tarkibini, smeta hujjatlarini, buyurtmachi toʼgʼrisida tushunchalarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

–  gidromeliorativ tizimlardanni loyihalashda loyiha ishlari qiymatini aniqlashning umumiy tartibi, topografik-geodezik va gidrologik izlanishlar olib borish, loyihalash va qurilishni texnik-iqtisodiy asoslash, dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash koʼnikmalariga ega boʼlishi kerak.