Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarga texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni     avtomatlashtirish va boshqarish  (suv  xo‘jaligida ) sohasiga tegishli sodda ob’ektlarni nazariy jihatdan tasvirlash, modellar yordamida amalga oshiriladigan echimning maqsadini aniqlash, kerakli matematik modelni tanlash, modellarni echish usullarini tanlay olishi, olingan echimni biror bir jarayonga tadbiq kilish, uning xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishini  o’rgatich.  ; “Matematik  usullar va modellar” fanining vazifasi matematik modellashtirish usullarini qo‘llab, ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilishni biladigan, ho‘jaliklar faoliyatini boshqaruvda va boshqa energetika va avtomatika  muammolarini hal qilishda matematik programmalashtirish usullarini qo‘llab eng yaxshi (optimal) echimlar qabul qilishga qodir bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

“Matematik  usullar va modellar” fanini  o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan,   MS“Excel”,  APP “Mathckad”,  “C++”, elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi.