Fanning maqsadi: Suv tejamkor sug’orish texnologiyalari foydalanish orqali qishloq xo’jaligi ekinlaridan rejadagi hosilni olishga va sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash hamda tuproqning unumdorligini saqlab qolishga erishiladi.

Suv tejamkor sug’orish texnologiyalari yerlarda qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorigini oshirish, tuproqning melioratv holatini yaxshilash, zax qochirish va sho’rlanishga qarshi kurashishning ilmiy, texnik asoslariga tayangan holda kompleks chora tadbirlarini amalga oshirishni taqazo etadi.

Fanning vazifalari: Suv tejamkor sug’orish texnologiyalari fanini o’qitishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan:

- suv tejamkor sug’orish texnologiyalarini loyihalashda qurilish me’yorlari va qoidalari hamda boshqa me’yoriy hujjatlardan foydalanish;

-konstruktorlik hujjatlarni ishlab chiqarish;

-sug’orish tartiblarini ishlab chiqish, sug’orish texnologiyalari va usullarini takomillashtirish haqida tasavvurga ega bo’ladi;

-gidromeliorativ tizimlarni loyihalash;

-sug’orish tarmoqlarining konstruksiyalari;

- sug’orish texnikasini gidravlik hisoblash va qirqimlarini loyihalash;

-irrigatsiya eroziyasi va unga qarshi kompleks tadbirlarni bilishi va ulardan foydalana olish;

- suv tejamkor sug’orish texnologiyasi, usuli va texnikasi elementlarini tanlash;

- sug’orish tarmoqlarini joylashtirishda texnik-iqtisodiy qulay variantlarini topish.